TOVAR HISOBOTI — KOMPYUTER UCHUN VERSIYA
=======================================

Do'kon kassasi, ombor, savdo, harajatlar va qarzlar — internetsiz, o'z kompyuteringizda.
Windows 10 yoki 11 (64-bit) kerak. Boshqa dastur (XAMPP, MySQL) o'rnatish shart emas.

O'RNATISH
1. Yuklab olingan ZIP faylni o'ng tugma bilan bosing -> "Hammasini chiqarish" (Extract All).
2. Chiqarilgan papkadagi "O'rnatish.bat" faylini ikki marta bosing.
   (Windows "kompyuteringiz himoyalangan" desa: "Подробнее / More info" -> "Run anyway".)
3. Ish stolida "Tovar Hisoboti" belgisi paydo bo'ladi va dastur brauzerda ochiladi.
4. Birinchi ochilganda:
   - "Yangi do'kon": do'kon nomi, login va parolni kiriting. 30 kun bepul.
   - "Onlayn do'konim bor": dokon.emro.uz da do'koningiz bo'lsa, o'sha login va parolni
     kiriting — barcha ma'lumotlar, sotuvchilar va litsenziya shu kompyuterga yuklanadi.
     Kompyuter almashganda ham shu usul bilan hammasi qaytadi.

ISHLATISH
- Har kuni ish stolidagi "Tovar Hisoboti" belgisini bosing. Dastur brauzerda ochiladi:
  http://127.0.0.1:8765/
- Dasturni to'liq to'xtatish: o'rnatilgan papkadagi "To'xtatish.bat"
  (%LOCALAPPDATA%\TovarHisoboti). Kompyuter o'chirilganda o'zi to'xtaydi.

MA'LUMOTLAR VA ZAXIRA NUSXA (MUHIM)
- Barcha ma'lumotlar bitta faylda: %LOCALAPPDATA%\TovarHisoboti\app\data\dokon.sqlite
- Har hafta shu faylni fleshka yoki bulutga nusxalab qo'ying (dastur yopiq paytda).
- Tiklash: dasturni to'xtating, faylni o'sha joyga qaytarib qo'ying.

ONLAYN NUSXA (ixtiyoriy)
- Ma'lumotlarni telefondan ko'rish va internetda zaxira saqlash uchun:
  1. https://dokon.emro.uz/app/royxat.php da onlayn do'kon oching (bir marta).
  2. Dasturda: menyu -> "Onlayn nusxa" -> onlayn login va parolni kiriting -> "Ulash".
- Shundan keyin dastur ochiq turganda, internet bo'lsa, o'zgarishlar har 5 daqiqada
  o'zi yuboriladi. Internet bo'lmasa — keyin yuboriladi. Kassa internetsiz ishlayveradi.
- Onlaynda (https://dokon.emro.uz/app/) faqat ko'rish mumkin; sotuv kompyuterda.

EXCEL
- Ro'yxat va hisobot sahifalaridagi "Excel" tugmasi faylni yuklab beradi (narxlar, qoldiq,
  savdo, harajatlar, xaridorlar).
- Tovarlarni Excel'dan kiritish: menyu -> "Tovarlarni import qilish". Avval "Namuna"
  faylni yuklab oling, to'ldiring va qayta yuklang. Xaridorlar: "Xaridorlar va qarzlar".

PACHKA VA DONA
- Tovarda "Ichida (dona)" va "Dona narxi" ni kiriting (masalan, 1 pachkada 20 dona).
- Kassada tovar tanlanganda pachka narxi, dona narxi va qoldiq ko'rinadi; "Butun" yoki
  "Dona" ni tanlab soting. Qoldiq ikkalasida ham to'g'ri hisoblanadi.
- "Narxlar" sahifasida barcha narxlarni qidirib ko'rish mumkin.

LITSENZIYA
- Muddat tugaganda dastur "Litsenziya" sahifasini ochadi. U yerda:
  * "Onlayn to'lash" — internet bo'lsa, Click / Payme / karta orqali to'laysiz va
    kalit avtomatik kiritiladi;
  * yoki o'rnatish raqamini sotuvchiga yuboring va olingan kalitni kiriting.
- Telegram: @Urobotuz, telefon: 99 499 73 64

YANGILASH
- Yangi versiya ZIP faylini chiqaring va "O'rnatish.bat" ni yana bosing.
  Ma'lumotlaringiz (app\data) saqlanib qoladi.
